Gonkong universitetida sun’iy intellekt o‘qituvchilari sinovdan o‘tkazilmoqda

Gonkong universitetida sun’iy intellekt o‘qituvchilari sinovdan o‘tkazilmoqda

Gonkongdagi Ilm-fan va Texnologiya Universiteti (HKUST) sun’iy intellekt (AI) yordamida yaratilgan “AI-o‘qituvchilar”ni amaliy dars jarayoniga joriy etmoqda. Ushbu innovatsion tashabbus “Social Media for Creatives” kursi doirasida sinov tariqasida namoyish etilmoqda.

 

 

Ushbu AI-o‘qituvchilardan tarkib topgan avatarlar — jumladan Albert Eynshteyn va Nobel mukofotiga sazovor matematik Jon Nash kabi shaxslarning sun’iy ko‘rinishlari — talabalar bilan interaktiv muhitda dars berish imkonini beradi. Avatarlar 2D videolar yoki virtual haqiqat ko‘zoynaklari (VR) orqali taqdim etiladi . Ularning tashqi ko‘rinishi, imo-ishoralari va nutqi individual tarzda sozlanadi.

 

 

Loyiha rahbari Pan Hui sun’iy intellekt o‘qituvchilarini inson o‘qituvchilarning yordamchisi sifatida ko‘radi. Unga ko‘ra, AI-o‘qituvchilar ma’lum bilim va mazkur yondashuvlar orqali monoton vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘lib, inson o‘qituvchilarga talabalarning emosional jihatdan rivojlanishi, kreativ fikrlash va tanqidiy tafakkurni o‘rgatish uchun vaqt ajratish imkonini yaratadi.

 

 

Talabalar ushbu yangi tajribani qiziqish bilan kutib olishdi. Ularning fikricha, AI-o‘qituvchilar dars jarayonini yanada jonli va interaktiv qiladi. PhD talabalardan biri, Lerri Yang, AI-o‘qituvchi bilan muloqot qilganda o‘zini yanada erkin his qilganini ta’kidladi:

 

 

“Sun’iy intellekt orqali dars olish professor bilan bo‘lgan masofani qisqartirgandek tuyuldi. Go‘yoki u menga yaqindek, muloqot qilish osonroqdek his qildim”, — deydi u.

 

 

Bu yondashuv talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirishi, o‘quvchilarni darsga faol jalb etishi mumkinligi aytilmoqda.

 

 

Tajriba dasturining dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlansa, loyiha kengaytiriladi va boshqa universitetlarga ham joriy etiladi. Bu esa ta’limda yangi davr – sun’iy intellekt bilan uyg‘unlashgan, innovatsion va samarali tizimning shakllanishiga zamin yaratadi.