Olmaliqdagi «Buxoro maktabi» xususiy maktabining 7 nafar o‘quvchisi Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilindi

Olmaliqdagi «Buxoro maktabi» xususiy maktabining 7 nafar o‘quvchisi Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilindi

«Buxoro» maktabining 4-sinf o’quvchilaridan 7 nafari Prezident maktablariga o’qishga qabul qilindi. Ushbu natija viloyat hisobida olinadigan bo’lsa, Toshkent viloyatida Prezident maktabiga ariza topshirgan 2882 nafar 4-sinf o’quvchisidan 7 nafari «Buxoro” maktabi o’quvchilari degani.

 

Prezident maktabiga 24 nafar o’quvchi qabul qilinishini hisobga oladigan bo’lsa, 1 o’quvchi 120 nafar tengdoshi bilan raqobatlashgan. Maktabga kirish ehtimoli 0,8 %.

 

Prezident maktabiga «Buxoro» xususiy maktabining quyidagi o’quvchilari o’qishga qabul qilingan:

 

1. Vahobjonov Nurmuhammad (5-o’rin)

2. Mavlonov Odilbek (8-o’rin)

3. Mavlonov Ikrom (13-o’rin)

4. Oltmishboeva Farzona (18-o’rin)

5. Xudoyqulova Madina (21-o’rin)

6. Muhammadjonov Bobur (22-o’rin)

7. Botirova Farzona (23-o’rin)

 

Ozgina omad yetishmagan o’quvchi ham bor:

 

8. Jo’raboyev Akbarali 26-o’rin

 

Ma’lumot uchun, Buxoro maktabi Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2007-yildan buyon oʻquv markaz sifatida ish yuritib kelgan va 2021-yil 5-oktyabrdan boshlab xususiy maktab sifatida faoliyatni davom ettirib kelmoqda.

 

Shu vaqt mobaynida prezident maktabiga 23 nafar, Al Xorazmiy maktabiga 30 nafar, Ixtisoslashtirilgan maktablarga 100 nafardan ortiq oʻquvchilarimiz qabul qilingan.

 

Buxoro xususiy maktabi joriy o‘quv yilida quyidagicha yirik yutuqlarga erishgan:
SAT natijalari — 1500+, 1400+
IELTS natijalari — 8.0, 7.5
Ixtisoslashgan va nufuzli maktablarga muvaffaqiyatli kirish
Respublika va jahon olimpiadalarida faxrli o‘rinlar
Yuzlab o‘quvchilarni xorijiy va mahalliy OTMlarga grant asosida joylashtirish
Filiallari:
Olmaliq — 94-852-66-66
Angren — 94-834-66-66
Piskent — 94-786-08-15
Yangiyo‘l — 93-834-66-66
Bekobod — 94-835-66-66