Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi

Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi

2025-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo’lib o’tgan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agnetligi xabar berdi.

 

Test sinovlari mutaxassislik fani va chet tilidan o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratilgan.

 

Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Sudyalar oliy maktabiga taqdim etiladi.