Shaxrisabz va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Shaxrisabz va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shaxrisabz va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi.

 

➖ Saidov Mash’al Samadovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

 

➖ Urakov Sherzod Raxmonovich – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali direktori edi.