Joriy yilgi kirish imtihonlari o’tkazildi, mandat javoblari chiqdi. Endi 1-kursga qabul qilingan talabalar qachon hujjatlarini oliy ta’lim muassasalariga olib borishlari kerak? O’qish boshlanganidan keyin ham olib borish mumkinmi?
Javob: ha, mumkin.
Joriy yilgi yangi o’quv yili bakalavriat talabalari uchun 3-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Ayni shu kuni kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga topshirgan talabalar OTM ga borib, tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin. Bu davlat OTM iga kirgan talabalar uchun tegishli. Nodavlat oliygohlarniki biroz farq qilishi mumkin.
Buni aniqlashtirish maqsadida Talimxabarlari.uz sayti muxbiri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xodimi Zafarshox Amirqulov bilan bog‘landi.
‘‘Albatta mumkin. 1-kursga tavsiya etilgan kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga topshirgan talabalar 3-sentyabr kuni o’zlari kirgan oliygohga borib, hujjatlarini topshirishlari mumkin’’.
OTMga o‘qishga kirgan 1-kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5×4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa)
Ma’lumot uchun, ariza yozishni dekanat xodimlari namuna ko’rsatishadi.
Eslatib o‘tamiz, bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Joriy yilgi ro’yxatda o’zgarish bo’lishi mumkin.
