Xabaringiz bor, kecha 24-avgust kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi bo’lib o’tdi.
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi Respublika boʻylab hududlar kesimida biologiyadan 4 755 nafar (79%) informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 043 nafar (76 %) ishtirokchilar qatnashgan.
Ma’lumot uchun, matematika fani bo‘yicha mazkur olimpiada sinovlari 22-avgust kuni bo’lib o’tgan edi.


