NASA tomonidan 2023-yil oktyabrda Psixeya nomli metallarga boy asteroidga yuborilgan ‘‘Psyche’’ kosmik apparati orqali kosmosning chuqur qatlamlaridan Yer va Oyning noyob ko’rinishini suratga olindi. Zond bu tasvirni taxminan 290 mln kilometr masofadan qayd etgan.
Phys.org ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida missiya jamoasi apparat kameralarini tekshirgan, ular quyosh nurini aks ettiruvchi obyektlarni tasvirga olish qobiliyatini sinab ko‘rgan.
Mashq uchun maqsad sifatida yer sayyorasini tanlangan. Suratda Yer juda kichik nuqta sifatida Ariet zodiak yulduzlar to‘plami fonida ko‘rinishi aniqlangan. Bundan tashqari, biroz yuqorida, oydan ham kamroq yoritilgan bir nuqta ko‘ringan.
Ushbu surat 1990-yilda “Voyajer-1” tomonidan 6 mlrd kilometr masofadan olingan mashhur «Бледно-голубая точка» (Pale Blue Dot) tasvirini eslatgan. Garchi ‘‘Psyche’’ apparati ancha yaqinroq bo‘lsa ham, surat kosmosning cheksiz kengliklaridagi zaifligini aks ettirishda shunga o‘xshash taassurot qoldirgan.
Missiyaning asosiy maqsadi — Mars va Yupiter orbitalarining orasida joylashgan Psixeya asteroidini o‘rganishdan iborat. Olimlar bu obyekt qadimgi protoplanetaning ochiq yadrosi bo‘lishi mumkin, ya’ni, Quyosh tizimidagi sayyoralar shakllanishida qurilish bloki sifatida xizmat qilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, uning diametri taxminan 280 kilometrni tashkil etadi va u bosh asteroid kamarining tashqi qismida aylanadi. Kosmik apparat maqsadga 2029-yilning iyulida yetib borishi uchun taxminan 3,54 milliard kilometr masofani bosib o‘tishi kerak.
Zond, ham ko‘rinadigan, ham infraqizil nurni qayd eta oladigan kameralar bilan jihozlangan. Ushbu texnologiyalar Psixeyaning tarkibini o‘rganishga va sayyoralar metall yadrolarining shakllanishi haqidagi asosiy ma’lumotlarni olishga imkon beradi.



