Abituriyentlarning 20 foizdan ortig‘i oltinchi imkoniyatni kutayotgan bo‘lishi mumkin

Abituriyentlarning 20 foizdan ortig‘i oltinchi imkoniyatni kutayotgan bo‘lishi mumkin

16-avgust kuni Ta’lim xabarlari nashri o‘zining Telegram kanalida abituriyentlar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda jami 6807 nafar abituriyent qatnashdi.

 

 

So‘rov natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning 51 foizi davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, 12 foizi nodavlat oliygohlarni tanlagan bo‘lsa, 9 foizi super-kontrakt asosida o‘qishga kirishni rejalashtirgan.

 

 

Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 7 foizi bu yil o‘qishga kira olmaganini va kelasi yili yana imtihon topshirishni tanlaganini bildirgan.

 

 

Qolgan 21 foiz abituriyent esa oltinchi imkoniyat natijalarini kutayotganini qayd etgan.

 

Xo’sh, 6-imkoniyat qachondan boshlanadi?

 

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning so‘ziga ko‘ra, bu tartib joriy 2025-yildan kuchga kiradi.

 

 

O’qishga qabul qilish tartibi qanday bo‘ladi?

 

Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

Kimlar uchun?

 

Bu imkoniyatdan faqatgina tanlagan beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan abituriyentlar foydalana olishi mumkin. Agar abituriyent birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsa, bu tartib o’qishgan kirganlar uchun amal qilmaydi.

 

 

Ya’ni bu imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.

 

 

Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning fanlar majmuasi mos kelishi shart. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.