Umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e’lon qilindi

Umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e’lon qilindi

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

 

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

 

Talabgorlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar rasmda keltirilgan.

 

Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e'lon qilindi