Avstraliya hukumati tomonidan tashkillashtirilgan Australian Government the Research Training Program (RTP) Scholarship dasturi bakalavr darajasini yakunlagan va tadqiqot qilishni maqsad qilgan xalqaro talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, grant moliyaviy fondi $143,881 ni tashkil etadi. Har bir talaba uchun $41,753 miqdorda grant ajratilib, u talabalarning kontrakt puli, yashash va boshqa xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Saralash jarayonida nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, tadqiqot boʻyicha tajribasi hamda nashr etilgan ishlari inobatga olinadi. Shuningdek, nomzod Sidney universitetining magistratura (master’s by research) yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan/ushbu universitetdan qabul xatini olgan boʻlishi lozim.
2026-yilda boshlanadigan dasturga qabul jarayoni 2025-yil 10-oktyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:
— Ayni damda tadqiqot olib borayotgan yoki tadqiqot olib borishni boshlagan xalqaro talaba boʻlishi lozim;
— Saralash jarayonida nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, tadqiqot boʻyicha tajribasi hamda nashr etilgan ishlari inobatga olinadi;
— Sidney universitetining magistratura yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan/ushbu universitetdan qabul xatini olgan boʻlishi lozim.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi foydali jihatlar mavjud:
— Har bir nomzodga $41,753 miqdorida grant ajratiladi (2025-yil hisobi boʻyicha);
— Sidneyga borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
— Sogʻliq sugʻurtasi ham grant tarkibiga kiradi;
— Tezis yozish va koʻchib joylashish xarajatlari qoplanadi.
Dastur foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dastur boʻyicha eng koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Avstraliyaning Sidney universiteti haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
