O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 14-19-avgust kunlari Vyetnamda bo‘lib o‘tgan 31 ta davlatdan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da ishtirok etdi.
Umumiy hisobda:
3 ta kumush, 4 ta bronza — jami 7 ta medal
G‘oliblar:
Fayzulloh Toxirov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – kumush medal,
Dilnura Safarova – Buxoro shahar 23-IDUM – kumush medal,
Mumtozbegim Abdurahmonova – Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabi – kumush medal,
Fayzibek Fayziyev – Kogon tumani 10-maktabi – bronza medal,
Mirjalol Jumaqulov – Olot tumani 10-maktabi – bronza medal,
Anvar Abdivaliyev – Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati – bronza medal,
Shohjahon Abdusattorov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – bronza medal.
Bundan tashqari, birinchi tur sinovlari bo‘yicha O‘zbekiston Terma jamoasi vakillari 8 ta kumush, 4 ta bronza hamda 2 ta kubokni qo‘lga kiritgan.

