Super-kontraktlar miqdori arzonlashishi kutilmoqda

Super-kontraktlar miqdori arzonlashishi kutilmoqda

Joriy yilda super-kontraktlar uchun narxlar arzonlashishi kutilmoqda.

 

Prezident raisligidagi videoselektorda rektorlarga “super-kontrakt” summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati ham berilishi aytilgandi. Bu aynan qanaqa bo‘lishi hozircha ma’lum emas, lekin katta ehtimol bilan, 4 ballgacha bo‘lgan shkala doirasi kengaytirilsa kerak.

 

Ya’ni, masalan, 10 ball yetmay qolganga yanada arzonroq, 60 ball yetmaganga qimmatroq va h.k. Hozirgi tartibda 4 balldan ko‘p yetmay qolsa, hammaga bir xil summa belgilangan. 5 ball yetmagan bilan 50 ball yetmagan bir xil to‘laydi.

Joriy yilda super-kontrakt uchun o‘zgarishlar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

 

Masalan, hozirgina aytilgan xabarga ko‘ra, TerDUda super kontrakt to‘lovlarini 30–40% gacha kamaytirish, uni 2 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.