Ijodkor yoshlar uchun ‘‘Princeton Arts’’ va ‘‘Hodder’’ nomli yiliga 93 000$ lik stipendiya dasturlari

Ijodkor yoshlar uchun ‘‘Princeton Arts’’ va ‘‘Hodder’’ nomli yiliga 93 000$ lik stipendiya dasturlari

Princeton Arts stipendiyasi san’at sohasidagi yutuqlari orqalikatta salohiyat ko‘rsatgan ijodkorlarga taqdim etiladi. Nomzodlar orasida yosh avlod tasviriy san’atkorlari, kinorejissyorlar, shoirlar, yozuvchilar, dramaturglar, dizaynerlar, rejissyorlar, performans ijrochilari va boshqa san’at vakillari bo‘lishi mumkin (ro‘yxat to‘liq emas).

 

 

Stipendiya ikki yil davomida (1-sentyabr – 1-iyul) Princeton da ishlash va dars berishni o‘z ichiga oladi. Odatda, har semestrda bitta kurs o‘qitiladi (Fakultet dekanining tasdig‘iga binoan), ammo ba’zida o‘qitish o‘rniga badiiy loyiha – masalan, spektakl sahnalashtirish yoki talabalar bilan raqs qo‘yish topshirilishi mumkin. Yuklama yengil bo‘lsa-da, stipendiatlar Princeton jamoasining faol a’zosi bo‘lishi, talabalar bilan tez-tez va faol muloqot olib borishi kutiladi. Arizalar hozirda 2026–2028 o‘quv yillari uchun qabul qilinmoqda.

 

 

Hodder stipendiyasi esa ijodkor va yozuvchilarga mustaqil loyihalarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi va bunda dars berish majburiyati yo‘q. Hodder stipendiatlari orasida bastakorlar, xoreograflar, performans ijrochilari, tasviriy san’atkorlar, yozuvchilar, tarjimonlar va boshqa san’at yoki gumanitar soha vakillari bo‘lishi mumkin. Ular “oddiy intellektual va adabiy qobiliyatdan ancha yuqori iste’dod” egalari bo‘lib, tanlovda ko‘proq salohiyat asosiy mezon bo‘ladi.

 

 

Odatda, muvaffaqiyatli nomzodlar allaqachon ilk kitobini nashr qilgan yoki o‘z sohasida shunga teng yutuqlarga erishgan bo‘ladi. Hodder stipendiyasi ularga yangi yirik ishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan “ijodiy osoyishtalik”ni beradi. Arizalar hozirda 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul qilinmoqda.

 

 

Moliyalashtirish:

 

Princeton Arts stipendiyasi — The Andrew W. Mellon Foundation, David E. Kelley Society of Fellows in the Arts va Maurice R. Greenberg Scholarship Fund tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Hodder stipendiyasi — Charles John Morris Gwinn va Alfred Hodder Memorial Fund tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Dastur imtiyozlari

 

Princeton san’at stipendiyalari:

 

Yiliga 93 000 AQSh dollari miqdorida ish haqi.

 

Ikki yil davomida akademik lavozim sifatida barcha imtiyozlarga ega bo‘lish.

 

Tadqiqot uchun qo‘shimcha mablag‘lardan foydalanish imkoniyati.

 

 

Hodder Stipendiyasi:

 

 

10 oylik Visiting Fellow sifatida 93 000 AQSh dollari stipendiya;

 

Stipendiya muddati davomida barcha imtiyozlar;

 

Tadqiqot uchun qo‘shimcha mablag‘lardan foydalanish imkoniyati.

 

Talablar

 

Princeton Arts stipendiyasi:

 

Yosh ijodkorlar (vizual san’at, kino, poeziya, proza, dramaturgiya, dizayn, rejissura, performans san’ati va b.)ning katta salohiyatini namoyish etgan bo‘lishi;

 

AQSh fuqaroligi talab qilinmaydi;

 

Hodder Stipendiyasi sobiq g‘oliblari va Princeton bilan uzoq muddatli hamkorlik qilgan shaxslar ariza bera olmaydi;

 

Stipendiya ilmiy daraja olish uchun emas;

 

PhD bitiruvchilari ariza bera olmaydi;

 

Har bir nomzod umri davomida ikki martadan ortiq Princeton San’at Stipendiyasiga ariza bera olmaydi.

 

 

Hodder stipendiyasi:

 

Mustaqil loyiha ustida ishlash istagidagi san’atkor va yozuvchilar;

 

AQSh fuqaroligi talab qilinmaydi;

 

Princeton Arts stipendiyasi sobiq g‘oliblari ariza bera olmaydi;

 

Stipendiya ilmiy daraja olish uchun emas;

 

Har bir yangi ariza qabul qilish davrida qayta murojaat qilish mumkin.

 

Ariza topshirish tartibi

 

Arizalar ikkala dastur uchun ham onlayn topshiriladi.

 

 

Princeton Arts stipendiyasi uchun:

 

 

Rezyume (CV).

 

Uchta tavsiyanoma uchun kontakt ma’lumotlari (xatlarni oldindan yubormang).

 

Ish namunalar (yozma materiallar, ijodiy ishlardan suratlar, videolar va b.).

 

750 so‘zlik taklif: stipendiya davrida qanday ijodiy ish qilmoqchisiz, talabalar bilan qanday ishlash yoki o‘qitishni rejalashtirasiz, va turli madaniyat, tajriba va qarashlarga ega insonlar bilan hamkorlikda qanday jamoa yaratmoqchisiz.

 

 

Hodder stipendiyasi uchun:

 

 

Rezyume (CV);

 

500 so‘zlik loyiha taklifi;

 

Ish namunalar (yozma materiallar, ijodiy ishlardan suratlar, videolar va b.).

 

Ariza topshirish muddati

 

Ikkala dastur uchun ham oxirgi muddat: 2025-yil 9-sentyabr, soat 23:59 (eastern time).