Kontrakt narxlari miqdori hali tasdiqlanmagan – vazirlik

Kontrakt narxlari miqdori hali tasdiqlanmagan – vazirlik

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy taʼlim muassasalarida kontrakt narxlari oshirilmasligi hamda super-kontrakt miqdori kamaytirilishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

 

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, hali kontrakt va super-kontrakt toʻlovlariga oid oʻzgarishlar tasdiqlanmagan. O’zgarishlar tasdiqlangan holatda vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

 

Eslatma! Oldinroq Xushnudbek Xudoyberdiyev joriy yilda kontrakt narxlari o’zgarishsiz qolganini vazirlik mutaxassislaridan aniqlashtirgani haqida yozgan edi.