Malaka toifasini olish uchun o‘qituvchilardan kasbiy sertifikat talab qilinmaydi

Malaka toifasini olish uchun o‘qituvchilardan kasbiy sertifikat talab qilinmaydi

Hukumatning 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, pedagog kadrlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olish uchun Kasbiy Sertifikat olgan boʻlishlari talab qilinmaydi.

 

 

Nizomning 23-bandi (yangi tahrirda)ga ko‘ra, bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning oʻzi mustaqil ravishda NIZOMga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) elektron tarzda toʻldiradi.

 

 

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

 

– pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

 

– qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);

 

Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

 

Pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma (oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun).

 

 

Zaruratga koʻra, maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida, pedagog kadrdan quyidagi qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin:

 

 

– pedagogning familiyasi yoki ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

 

– navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasdan navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilinishiga asos boʻladigan hujjatlar;

 

– pedagog kadrlar toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun asos boʻladigan hujjatlar;

 

 

Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida, attestatsiyada ishtirok etish uchun yuboriladigan hujjatlar orasida kasbiy Sertifikat talab qilinmagan.