Jizzaxda maktab rahbari oʻqituvchidan pora olayotganida qo‘lga olindi

Jizzaxda maktab rahbari oʻqituvchidan pora olayotganida qo‘lga olindi

Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 16-umumtaʻlim maktabi rahbarlaridan biri oʻqituvchilarni ishga joylashtirish evaziga pora talab qilganda qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

 

Ta’kidlanishicha, maktab rahbari pora evaziga ishga qabul qilishda o’tkaziladigan imtihon test savollarining javoblarini ham va’da qilgan.

 

 

Shuningdek, maktab rahbari ikki pedagogdan jami 16 million soʻm soʻragan. Ulardan biri ariza bilan murojaat qilganidan soʻng tekshiruv oʻtkazilgan. U avvalroq 5 million soʻm olgan boʻlgan, keyinroq qolgan 11 mln so’mni berishini so’ragan.

 

 

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs pora olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (katta miqdorda pora olish) boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan.