Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025-2026-o‘quv yili uchun kontrakt narxini 15 foizga oshirdi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, JIDUda kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim shakli to‘lov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, universitet hisobiga kelib tushadigan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan ta’lim sifatini yanada yaxshilash, xodimlar va professor-o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtilgan to‘lovlarni joriy inflyatsiya (10%) darajasida oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirib borish, infratuzilmani yanada rivojlantirish maqsadida to‘lov-kontrakt miqdorini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va raqobatbardosh qiymatlar darajasida belgilash belgilangan.
Ma’lumot berilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarorida xalqaro miqyosda tan olingan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini JIDU akademik va ilmiy jarayonlariga jalb etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq doirasida JIDUga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali xalqaro akademik muhitni shakllantirish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar Universitetni joriy va kapital (qisman) ta’mirlash ishlariga, Talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash, sport majmualarini ta’mirlash va Axborot-resurs markazi imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 3-kurslarda darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladigan “pilot” guruhlari tashkil va mazkur tajriba-sinov ijobiy natijalar berganligi sababli yangi o‘quv yilida ushbu tajribani 3-4-kurslarda davom ettirish rejalashtirilgan.
«Yuqorida bayon etilgan omillar hamda universitetning 2025-2026-yillarda kutilayotgan xarajatlarini inobatga olgan holda, bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish qiymati miqdorlarini 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab kontrakt narxini 15% oshirish (indeksatsiya qilish) JIDU Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlandi», – deyilgan universitet bayonotida. Narxlar quyidagicha etib belgilangan:
| Ta’lim yo‘nalishlari nomi | Stipendiyasiz
(ming so‘m) |
Stipendiyali (ming so‘m) | |
| I.Bakalavriat | |||
| – | 1-2- kurs talabalari | 33 750,00 | 40 586,02 |
| – | 3-4-kurs talabalari | 27 301,00 | 34 137,02 |
| – | Bakalavriat xorijiy talabalar (O‘Rda doimiy yashash hujjatga ega) |
38 400,00 | – |
| – | Bakalavriat xorijiy talabalar (viza) | 44 800,00 | – |
| II.Magistratura | |||
| – | Magistratura talabalari | 34 560,00 | 41 396,02 |
| – | Magistratura xorijiy talabalar (O‘Rda doimiy yashash hujjatiga ega) | 44 800,00 | – |
| – | Magistratura xorijiy talabalar (viza asosida) | 51 200,00 | – |
