Chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi

Chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi

Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkaziladi.

 

 

Avgust oyidagi imtihonda:

 

Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari

Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18-avgust kunlari

To‘lov muddati: 19-avgust

Imtihon sanasi: 28-avgust

 

 

Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.

 

 

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Izoh: Ushbu qoʻshimcha imtihon oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga qabul jarayonining boshlanishiga qisqa muddat qolganligi hamda boshqa ko’plab talabgorlarning murojaatlarini inobatga olgan holda belgilanmoqda.