18 yosh va undan yuqori yoshdagi talabalar hamda yosh mutaxassislar uchun Avstraliyada to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan xalqaro sammit — Global Business Symposium dasturi e’lon qilindi.
Mazkur tadbir 2025-yilning 24–28-noyabr kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkaziladi. Sammit doirasida ishtirokchilarga global biznes va yetakchilik sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, xalqaro mentorlar bilan muloqot qilish, shuningdek, xalqaro biznes tarmog‘iga qo‘shilish imkoniyati yaratiladi.
Kimlar uchun: Maktab o’quvchilari (yuqori sinflar), O’rta ma’lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi, Oliy ma’lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma’lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori.
Dastur tili: Ingliz tili
Dasturga umumiy 150 ta o‘rin ajratilgan:
To‘liq moliyalashtirish uchun — 20 ta o‘rin;
Qisman moliyalashtirish uchun — 55 ta o‘rin;
Ijtimoiy media vakillari uchun — 5 ta o‘rin;
O‘z hisobidan ishtirok etish (self-funded) — 70 ta o‘rin.
Nomzodlarni tanlashda ularning ijtimoiy faolligi, yetakchilik salohiyati, kasbiy yutuqlari va topshirilgan arizalar asosida baholash amalga oshiriladi. 2025-yilgi sammit mavzusi — “Texnologiyalarga asoslangan dunyoda maqsadli yetakchilik” etib belgilangan.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
Dasturda quyidagi nomzodlar ishtirok etishi mumkin:
18 yosh va undan katta talabalar;
Biznes sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar va tadbirkorlar;
Texnologiyaga qiziqadigan, ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shayotgan shaxslar.
Nomzodlardan ingliz tilini dasturda qatnasha oladigan darajada bilishi talab etiladi. Til bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS/TOEFL sertifikati so‘ralmaydi.
Moliyaviy qamrov turlari
To‘liq moliyalashtirishga quyidagilar kiradi:
Aviachipta (borish-kelish);
Turar joy;
Ovqatlanish (nonushta va tushlik);
Sertifikat va konferensiya to‘plami.
Qisman moliyalashtirish:
Turar joy;
Ovqatlanish (nonushta va tushlik);
Sertifikat va konferensiya to‘plami.
O‘z hisobidan ishtirok etish (Self-funded):
Delegatlik paketi qiymati — 699 AQSh dollari;
Turar joy va ovqatlanish ta’minlanadi;
Sertifikat va konferensiya to‘plami beriladi.
Eslatma: Ishtirokchilarga viza olish jarayonida maxsus taklifnoma va yo‘riqnoma taqdim etiladi, biroq viza kafolatlanmaydi.
Dastur ishtirokchilariga qanday foyda beradi?
Global darajadagi biznes mutaxassislaridan bilim olish;
Xalqaro tarmoq va mentorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
Yetakchilik va menejment bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lish;
Zamonaviy texnologiyalar yordamida samarali yetakchi bo‘lish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Ariza topshirish tartibi
Dasturga ariza topshirish 5-sentyabr, 2025-yilgacha davom etadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
– shaxsiy ma’lumotlar;
– mutaxassislikka oid qisqacha ma’lumot;
– rasm (professional formatda);
– pasport nusxasi.
Badal puli: Ariza topshirish uchun $30 miqdorida badal puli to‘lanadi. To‘lov qaytarilmaydi.
Muhim sanalar:
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 5-sentyabr, 2025
Natijalar e’lon qilinadi: 15-sentyabr, 2025
Ishtirok etishni tasdiqlash muddati: 25-sentyabr, 2025
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ariza topshirish: globalbusinesssymposium.com
Email: info@globalbusinesssymposium.com
