Hukumatning 2021-yilning 17-sentyabrdagi 572-son Nizomning 21-bandiga ko’ra, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Toʻlovlar miqdori:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);
b) pedagog.uzedu.uz – platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);
v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).
Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi.
