Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilishi kutilmoqda

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilishi kutilmoqda

Joriy yilning 28-iyul kuni Prezidentning PQ–230-sonli “O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o’rganish va jahon miqyosida targ’ib qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

 

 

Qarorga ko’ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

 

 

2026-yildan har ikki yilda bir marta estrada san’ati bo’yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko’rik-tanlovi o’tkazib boriladi.

 

 

Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan badiiy film olinishi rejalashtirilgan.