Malaka (test) sinovlari uchun Face-ID tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Malaka (test) sinovlari uchun Face-ID tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilda o‘tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari uchun Face-ID tizimi sinovdan o‘tkazilayotgani aks etgan suratlar tarqalmoqda.

Malaka (test) sinovlari uchun Face-ID tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

 

Ushbu suratlarda o‘qituvchilar endi testga tashkilotchilar tomonidan ajratiladigan login va parollar emas, JShShIR raqamlari orqali kirishlari mumkinligini ko‘rish mumkin.

 

Malaka (test) sinovlari uchun Face-ID tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

 

Bundan tashqari, yana bir o‘zgarish sifatida o‘tkaziladigan sinovlarda kompyuterlar orasi maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi.

Qayd etish lozim, avvalroq, malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilangani haqida xabar bergan edik.