Professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar uchun AQShda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grant dasturi

Professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar uchun AQShda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grant dasturi

AQSh ning Fulbright Visiting Scholar Program dasturi — o‘zbekistonlik universitet professor-o‘qituvchilari hamda kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar uchun AQShda 3 oydan 5 oygacha bo‘lgan muddatda ilmiy tadqiqot yoki ma’ruza o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatini taqdim etadi.

 

 

Dastur to‘liq moliyalashtiriladi.

 

 

Kimlar uchun: Oliy ma’lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
Dastur tili: Ingliz tili
Yosh chegarasi: 18 yoshdan

 

Asosiy yo‘nalishlar:

 

Lecturing — AQSh universitetlarida ma’ruza o‘qish va konsultatsiyalar o‘tkazish;

 

Research — postdoktorantura bosqichidagi olimlar uchun ilmiy tadqiqot olib borish;

 

Lecturing/Research — ilmiy izlanish va dars jarayonlarini birgalikda olib borish;

 

Research (Junior Faculty) — yosh o‘qituvchilar uchun yangi kurs ishlab chiqish va maxsus o‘qitish strategiyalarini yaratish.

Fulbright Junior Faculty — yosh o‘qituvchilar uchun alohida imkoniyat

 

Dastur doirasida kamida 3 yillik oliy ta’lim tajribasiga ega yosh o‘qituvchilar ham Fulbright Junior Faculty grantiga ariza topshirishlari mumkin. Bu grant 1 semestr davomida AQShda ilmiy izlanish olib borish imkonini beradi. Arizada tadqiqot yo‘nalishi, uning strategik ahamiyati va kutilayotgan natijalar aniq ko‘rsatilishi zarur.

 

Grant talablari:

 

– O‘zbekiston fuqarosi yoki doimiy yashovchi bo‘lish;

 

– PhD yoki unga tenglashtirilgan daraja yoki tanlangan sohada kamida 10 yillik tajribaga ega bo‘lish;

 

– Oliy o‘quv yurtlari, tahlil markazlari, davlat yoki nodavlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bo‘lish;

 

– Har qanday soha vakillari ariza topshirishi mumkin, biroq STEM, ekstremizmga qarshi kurash va ta’lim sohalariga alohida e’tibor qaratiladi;

 

 

Tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi nomzodlar arizasi ko‘rib chiqilmaydi, biroq sog‘liqni saqlash siyosati va boshqaruvi bilan bog‘liq mutaxassislar uchun imkoniyat mavjud.

 

Dastur afzalliklari:

 

AQShga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi;

 

Moliyaviy yordam va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;

 

AQSh ilmiy bazalari va kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati;

 

Ilgari AQShda bo‘lmagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

 

Hujjat topshirish tartibi:

 

Arizalar onlayn shaklda qabul qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi;

 

 

Ariza toʻldirishdan oldin, yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

 

 

Arizada quyidagilar bo‘lishi zarur:

 

 

Ilmiy tadqiqot yoki leksiya rejasining batafsil bayoni;

 

CV yoki rezyume;

 

2 ta tavsiyanoma;

 

Tadqiqot uchun bibliografiya yoki leksiya uchun kurs syllabusi;

 

Qo‘llab-quvvatlovchi xat (majburiy emas, lekin tavsiya etiladi).

 

 

Qo‘shimcha savollar uchun murojaat:

 

 

TashkentFulbright@state.gov

 

 

FulbrightUzbekistan@gmail.com