O'quvchining darsga diqqati qancha davom etadi? - Ta’lim xabarlari
O’quvchining darsga diqqati qancha davom etadi?

Diqqat – bu aqliy kuchni xohish orqali istalgan joyga yo’naltirish qobiliyati bo’lib, diqqatsiz boshqa qobiliyatlar rivojlana olmaydi. Agar biz o’qitishda yuqori natijaviylikka erishmoqchi bo’lsak diqqatning chalg’imasligiga erishishimiz muhim. Diqqat o’smaydi, uni faqat boshqarish mumkin.

surat manbasi: clipart-library.com

Ba’zi psixologlar o’quvchi diqqati 10-15 daqiqa davom etishini ta’kidlaydilar, ammo ularning diqqat darajasi motivatsiya, kayfiyat, qabul qilingan materialning dolzarbligi va boshqa omillarga qarab o’zgarishi tabiiy. O’quvchilarni uzoq vaqt davomida qiziqish va hushyor tutish uchun ko’rsatmalarda aniq taktika mavjudligini ilm-fanda tekshirilgan.

O’rtacha e’tibor

O’quvchilarning “qisqa” e’tibori 10-15 daqiqagacha bo’lishiga oid keng tarqalgan tushunchaga qaramay, uning aksini ko’rsatadigan juda ko’p dalillar mavjud. 2007-yil Karen Uilson va Jeyms Korn ma’ruza davomiyligi jarayonida talabalarning yozuvlarida pasayib ketishni aniqlashdi.

surat manbasi: tgstat.ru

O’quvchilar diqqat-e’tibori o’rganilganda ma’ruza paytidagi vaqt oralilqlariga tanaffuslarni kiritishgan. Tanaffuslar bilan ham ma’ruzaning 10-18 daqiqasida, keyin esa dars yakuniga qadar har 3-4 daqiqada diqqat yetishmovchili kuzatilgan. Uilson va Korn o’quvchilarning diqqatini aniq o’lchab bo’lmasligini va ma’ruza paytida ular e’tiborining pasayishi kuzatilishi mumkin bo’lsa-da, o’rtacha diqqat-e’tiborning davomiyligi aniq emasligini isbotlashdi.

Diqqat va faol o’rganish

2010-yilda kimyo yo’nalishining uchta kurslarida talabalardan tugmalarni bosish yordamida ularda diqqat-e’tibor yetishmayotgani to’g’risida xabar berishlarini so’radilar. Har bir kursni alohida professor o’qitishini va har xil uslubda (ma’ruza qilish, namoyish qilish yoki savol berish) tashkil qildilar. Tadqiqotchilar talabalar tomonidan bildirilgan diqqat yetishmovchiligining o’rtacha uzunligini, shuningdek, e’tibor yetishmovchiligi va har bir professor tomonidan qo’llanilgan turli xil pedagogik usullar o’rtasidagi bog’liqlikni o’lchashdi.

surat manbasi: krasivoe-foto.ru

O’quvchilar 1 daqiqa yoki undan kam davom etgan diqqat-e’tiborni ko’rsatish uchun bitta tugmani, 2 dan 3 daqiqagacha bo’lganda boshqa tugmani va 5 daqiqadan yoki undan ko’proq vaqtni ko’rsatadigan uchinchi tugmani bosdilar. Javoblar kompyuterga yuborildi va bu ma’lumotlar har bir professor tomonidan qo’llaniladigan turli xil o’qitish uslublari vaqt jadvalida aks etdi.

surat manbasi: econet.ru

Bu tadqiqotchilarga professorning bir uslubdan ikkinchisiga o’tishi bilan diqqat-e’tiborning sustlashishi tez-tez sodir bo’ladimi (yoki bir xil bo’lib qoldimi) yoki umuman bo’lmaganini aniqlashga imkon berdi. Tadqiqotchilar uchta qiziqarli holatni aniqladilar.

Birinchidan, e’tiborning 1 minut davomiyligi yoki undan kam bo’lganligi— juda qisqa tanaffuslardan ko’ra ko’p vaqtli tanaffuslarda diqqat uzoqroq ushlab turilgan.

surat manbasi: insider.com

Ikkinchidan, tadqiqotchilar 10-15 daqiqalik diqqat nazariyasining haqiqat emasligini kuzatishgan. Buning o’rniga, uchta kursda ham ular ma’ruza davrida atigi 30 soniya ichida paydo bo’lgan diqqat-e’tiborning pasayishini kuzatdilar; navbatdagi ma’ruzada bu 4,5-5,5 daqiqada sodir bo’ldi; keyingi ma’ruzada 7 – daqiqadan 9 – minut oralig’ida va keyingi 9 dan 10 minutgacha vaqt oralig’ida kuzatilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu o’sish va susayish uslubi ma’ruza davomida bo’lib o’tdi va ma’ruza davom etar ekan, diqqat yetishmovchiligi tez-tez yuz bergan. Ma’ruza oxiriga kelib, har ikki daqiqada diqqatda susayish yuz bergan.

surat manbasi: mebel-gu.ru

Uchinchidan, tadqiqotchilar diqqat bilan faol o’rganish yoki ta’lim oluvchilarga yo’naltirilgan pedagogika o’rtasidagi munosabatni topdilar. Eng ko’p ishlatiladigan ikkita faol ta’lim usuli va savollar texnikasini ishlatib diqqat-e’tibor oshganining guvohi bo’lishadi.

Ta’lim usuli qo’llanilgan paytida yoki savol berilgandan keyin diqqat-e’tibor ko’rsatkichi oshgan. Olimlar dars davomida o’quvchilar e’tiborini jalb qilish va dars davomidagi saqlanuvchi diqqat-e’tiborga faol o’qitish usullari orqali erishish mumkin, degan xulosaga keladilar.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры