Manzil: Urganch shahar, 26-uy, ko’chasi, Xonqa
Telefon: +992170060
Litsenziya raqami: №056015
Manzil: Urganch shahar, 26-uy, ko’chasi, Xonqa
Telefon: +992170060
Litsenziya raqami: №056015
Ushbu yo‘nalishni bitirganlar quyidagi kasblarni egallashi mumkin. Faoliyat obyektlari: –umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida; Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda; –O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; –ishlab chiqarish korxonalari biologik laboratoriyalarida; davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida. Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat […]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi 28-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 12-noyabrda ro’yxatdan o’tgan qaroriga muvofiq, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlari tasdiqlandi. Hujjatning 1-bobiga ko’ra, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv yili boʻyicha oʻquv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur paragrafda […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan […]
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi. Ragʻbatlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan oʻquvchiga – 170 million soʻm, kumush medalga – 102 million soʻm, bronza medal uchun – 68 million […]
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi. Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi. Mazkur sammit doirasida vazir va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida suhbat tashkil etildi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tomonlar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi […]
Imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bunda talaba yotoqxona to‘lovidan qisman yoki to’liq ozod etilishi mumkin. Quyidagilar yotoqxona to‘lovidan to’liq ozod etiladi: — ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; — chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etgan) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etgan); — mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; — ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. […]
Joriy yilda talabalarni turar-joy bilan ta’minlashdagi yondashuv o’zgarganligi hamda yangi raqamlashtirilgan tizim yaratilganligi haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan press turda ma’lum qilindi. Xabarga ko’ra, talabalarni turar-joy bilan ta’minlashga qaratilgan markazlar ishga tushirgan. Bu markazlar yotoqxonalar bilan emas, ijara xonadonlarni topish va talabalarni joylashtirish bilan shug‘ullanadi. Yotoqxonadan joy ololmaganlarga […]
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi. U to’rt yildirki, u darslarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o’rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Iqtidorli o’quvchining yutug’idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin. Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi. […]
II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi. Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar […]
Avvalroq, Sirdaryo viloyatida o‘quvchilarni igna sanchish bilan jazolayotgan o‘qituvchi haqida xabar bergan edik. Sirdaryo viloyati IIB bu haqda rasmiy munosabat bildirdi. “Sirdaryo viloyati IIBning 102-qisqa raqamiga Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi E. G‘. Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1e-sinfda o‘quvchi qizi G‘. O. o‘qituvchisi Abdullayeva Go‘zal qo‘liga igna tiqqan va hojatxonaga chiqarmasdan tazyiq o‘tkazganligini […]
2024-yil 16-noyabr kuni Sharqiy Xitoyda sodir bo‘lgan pichoqlash natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan va 17 kishi jarohat olgan, deb xabar berdi CNN mahalliy politsiya bayonotiga tayanib. Hujum soat 18:30 atrofida Jiangsu provinsiyasining Isin shahrida joylashgan Wuxi san’at va texnologiya kasb-hunar instituti hududida sodir bo‘lgan, — deyiladi politsiya bayonotida. Shuningdek, voqea joyida […]
Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda aniq bayon qilingan. Mazkur nizomga ko‘ra, oltin va kumush medallar bilan taqdirlanish bitiruvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda turli imtiyozlar yoki qulayliklar taqdim etmaydi. Ya’ni, […]
1. Temurbeklar maktabi — 152,29 ball 2. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi — 149,37 ball 3. Toshkent shahridagi xalqaro Vestminister universiteti akademik litseyi — 141,61 ball 4. Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi — 131,19 ball 5. Toshkent davlar yuridik Universiteti qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyi — 126,96 ball […]
Koson tumanidagi 18 ming tup daraxtga ega 77-maktab 2023-yilda 2 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topdi. Bundan tashqari, tumandagi 28-maktab 13 mingdan ortiq mevali, manzarali daraxtlarga ega. Ushbu maktab ham nihol, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi va yillik qo‘shimcha daromadi o‘rtacha 2500 AQSH dollarini tashkil etadi. Maktablarda topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish […]
Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin. Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin. Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash […]
Buxoroda YTH oqibatida 2 nafar o‘qivchining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi. Tergov natijalariga ko‘ra avtobusni boshqargan hayodovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani aniqlangan. Joriy yilning 18-mart sanasida Buxoro viloyatining Kogon tumanida oʻquvchilarni olib kelayotgan avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgandi. Olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi […]
2024-yil 1-noyabr kuni Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi 19-sonli maktab oʻquvchilari kuz-qish mavsumi uchun maktab derazalariga sellofan qoqib, oʻzlari taʼmirlayotgani aytilgan. Holat ishchi guruh tomonidan oʻrganilib, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bergan. «Xabaringiz bor, bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi 19-sonli maktab oʻquvchilari kuz-qish mavsumi uchun maktab derazalariga sellofan qoqib, […]
Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining 11 – bandiga ko‘ra talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin. Bunda Oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga […]