Joriy yilda necha nafar abituriyent muddatidan oldin maksimal 189 ballni qo‘lga kiritgan?

Joriy yilda necha nafar abituriyent muddatidan oldin maksimal 189 ballni qo‘lga kiritgan?

Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagan. Ular quyidagi ballar bo‘yicha taqsimlangan:

 

189 ball – 361 nafar;

180–189 ball oralig‘i – 207 nafar;

170–180 ball oralig‘i – 57 nafar;

160–170 ball oralig‘i – 46 nafar;

150–160 ball oralig‘i – 3 nafar;

126 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 3 nafar;

96 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 1 nafar.

 

Test sinovlari yakunlangach, ushbu abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida, 15 kun davomida quyidagilarni tanlaydi:

 

– Oliy ta’lim muassasasi
– Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
– Ta’lim shakli
– Tanlov ustuvorligi

 

Eslatma! Belgilangan muddatda tanlovni amalga oshirmagan yuqoridagi toifaga kiruvchi abituriyentlar oliy ta’lim bakalavriati tanlovida ishtirok eta olmaydi va talabalikka tavsiya etilmaydi.