Manzil: Chirchiq shahri, X.Maqsudov mahallasi, Metallurgchilar ko’chasi 13-uy
Telefon: +998559000604
Litsenziya raqami: № 037520
Manzil: Chirchiq shahri, X.Maqsudov mahallasi, Metallurgchilar ko’chasi 13-uy
Telefon: +998559000604
Litsenziya raqami: № 037520
Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yilda jami 19 629 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 27 807 nafarga yetgan.
Respublika ta’lim markazi kimyo (kimyo-texnologiya, tabiiy fanlar) yo’nalishidan 7–11-sinflar variativ 2-chorak uchun mavzu rejalarni e’lon qildi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin: Kimyo(kimyo-texnologiya) yo’nalishidan taqvim-mavzu rejalar 7-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish 8-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish 9-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish […]
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil sentyabr oyidan boshlab bir kalendar yili davomida ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrugʻi asosida “Oʻqitish va […]
27-iyuldan boshlab imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni tanlov bosqichi boshlandi. Abituriyentlar 15 kun davomida imtihon topshirgan fan majmuasidan kelib chiqib, yo‘nalish hamda OTMlarni tanlaydi. Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud. Abituriyentlar istalgan 5 ta OTM hamda 5 ta yo‘nalish tanlash mumkin. Shuningdek, bitta OTMda 5 xil yo‘nalish tanlasa ham bo‘ladi. […]
Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum qilindi. Yangi tartiblarga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoni kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev “Xalq ta’lim Info” saytiga […]
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan tabrikladi. Prezident tabrigida bugungi kunda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida e’tibor qaratdi. “2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili […]
Imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bunda talaba yotoqxona to‘lovidan qisman yoki to’liq ozod etilishi mumkin. Quyidagilar yotoqxona to‘lovidan to’liq ozod etiladi: — ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; — chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etgan) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etgan); — mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; — ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi. Bilologiya Chizmachilik CHQBT Davlat va huquq asoslari Fizika Geografiya Informatika Ingliz tili Iqtisod Jismoniy tarbiya […]
Maktab va maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlarining ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi. Unga ko’ra, oylik maoshlar quyidagicha belgilangan. 1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori: Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda) – I guruh: 4.870 – II guruh: 4.604 – III guruh: 4.342 – IV guruh: 4.066 […]
Ta’kidlash lozim, bu o‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro fizika olimpiadalaridagi 4-bronza medali hisoblanadi.
“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko’ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o’rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi hamkorlikda Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalarini o’tkazish va iqtidorli o’quvchilarni saralash boshqarmasi ma’lum qildi. Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent […]
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o’tkazilmasligi haqida xabar bergan edik.
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi. To‘lov amalga oshirilmaganda murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi.
Bu holatda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 3271) 15 va 16-bandlari dars taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladi. Nizomning 15-bandiga chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan […]
2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qo‘llanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.
Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSh da tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.
O’zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o’qituvchi keldi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, Gazeta.uz nashri xabar berdi. Amerikalik o’qituvchilar Oʻzbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun kelgan. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o’qituvchisi, 21 ta davlat maktabi va […]
Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. Kredit kimlarga beriladi? – Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari); – Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va […]
2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi. Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilingan. Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi. Apellatsiya arizasi […]