Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda “Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanayotganligini ta’kidladi.

 

 

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

 

 

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

 

 

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.