Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu olimpiadada mamlakatimizning barcha hududlaridan 230 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Uch bosqichli tanlovning final bosqichiga 3 453 nafar o‘quvchi yo‘llanma oldi.

 

Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilgan holda testbor.uz platformasi orqali 2–11-sinf matematika, 9–11-sinf fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash imkoniyati yaratildi. Bu esa o‘quv dasturlari va darsliklarning amaliy samaradorligini tahlil qilishga zamin yaratdi.

 

Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan TOP–100 nafar 2–9-sinf o‘quvchilari turli miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, TOP–10 nafar 10–11-sinf o‘quvchilariga noutbuk, planshet, mobil telefon, aqlli soat va quloqchinlar taqdim etildi.

 

Eng yuqori natija ko‘rsatgan 10–11-sinfning 18 nafar o‘quvchisi AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. Olimpiadada eng faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktabga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshirildi.

 

Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning final bosqichi gʻoliblarining ro‘yxati bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.