Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi

2024-yil 23-iyun kuni tasdiqlangan kelishuvga muvofiq, kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi:

 

 

– prezident maktablarining saralash imtihoni – 6-iyulda;

– ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni – 9-iyulda;

– Al-Xorazmiy va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni – 10-12-iyul kunlari;

– prezident maktablarining asosiy imtihoni – 25-iyulda.

 

 

Bundan tashqari, yuqori sinflar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari 6-10-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Barcha imtihonlar uchun ruxsatnomalar imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorlarga shaxsiy kabinetlari orqali taqdim etiladi. Shuningdek, bu haqda telefon raqamlariga SMS-xabarnoma ham yuboriladi.

 

 

Ruxsatnomalar taxminan 2-3-iyul kunlari shaxsiy kabinetlarda e’lon qilinadi.