Manzil: 146 Temur Malik ko’chasi, Тоshkent 100050, Узбекистан
Telefon: +998712002060
Litsenziya raqami: ОТ 0007
( Yuklab olish)
Manzil: 146 Temur Malik ko’chasi, Тоshkent 100050, Узбекистан
Telefon: +998712002060
Litsenziya raqami: ОТ 0007
( Yuklab olish)
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan tabrikladi. Prezident tabrigida bugungi kunda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida e’tibor qaratdi. “2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili […]
Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan ekspert Ahmed al-Bastaki O‘zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Kun.uz saytga bergan intervyusida bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tgan. “Davlat tizimida eski texnologiyalardan foydalanayotgani, ularni biroz zamonga moslash kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilash lozim”, – deydi al-Bastaki. Uning […]
Sinov muddati uzog’i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi. Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: – homilador ayollar; – uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar; – korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga […]
9- va 11-sinflar yakuniy atteststsiyasi uchun e’lon qilingan baza topshiriqlaridan variantlar qayta shakllantiriladi.
Bir topshiriqqa aynan berilgan savol emas, boshqa topshiriq savoli ham tushishi mumkin.
Jarayonlarda umumiy hisobda 5 453 nafar pedagogning ishtirok etishi belgilangan edi.
Xabar berilganimizdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan edi. Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan: 11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga; 13-noyabrda oʻtkazilishni […]
Joriy yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul oyida bo’lib o’tganidan so’ng talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi. Prezident farmoniga muvofiq, joriy yil oliy va professional ta’lim […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorni imzolagan. […]
Imtiyozli ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi. Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, […]
II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi. Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar […]
Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi: 1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining: – tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi); – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrug‘i bilan monitoring guruhlarining tahlillariga binoan baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi uchun ro‘yxatdan chiqarilgan umumta’lim maktablari ro‘yxati tasdiqlangan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga ko‘ra, baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi aniqlanganda barcha to‘plagan ballari bekor qilinadi hamda ushbu maktab rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar […]
Toshkent shahrida joylashgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va ularning rasmniy saytlarini bir yerga jamladik. Siz ushbu sahifa orqali ta’lim muassasalarining statistikalari va muhim ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin. № Oliy ta’lim muassasi nomi Mulkchilik shakli Veb sayt Statistika 1 Alfraganus University Nodavlat alfraganusuniversity.uz student.alfraganusuniversity.uz 2 British management university Nodavlat bmu-edu.uz 3 CENTRAL ASIAN UNIVERSITY Nodavlat […]
Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanidagi 69-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Oyimgul Sadinova attestatsiya test sinovlarida 98 ball qayd etib, oliy toifani uchinchi bor himoya qildi. Shuningdek, Samarqand shahridagi 34-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Xayrullayeva Rayhona attestatsiyada birinchi bor qatnashib, (u joriy yilda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan) 94 ballik natija koʻrsatdi va ikkinchi toifani […]
Agar kurs maktab binosida o‘tiladigan bo‘lsa, bu holatda hududiy ijara markazi bilan ijara shartnomasi tuzilishi lozim. Agar kursni maktabdan tashqarida o‘tsa, bu vaziyatda shartnoma tuzishga hojat yo‘q. Bunda 3 tomonlama ijara shartnomasi shartnoma taraflari tomonidan imzolanishi kerak. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 dekabrdagi 660-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi. Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi. […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 16 oktabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yo‘q. Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas. Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga ko‘ra ish […]
Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi. […]
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: – O‘z xohishiga binoan; – O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; – O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun; – Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; – O‘qish uchun belgilangan […]
1-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi . Unda yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash masalalari muhokama qilinib, bunda yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf […]