Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14-iyun kungi “Davlat umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o’quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to’g’risida”gi 365-sonli qarori tasdiqlandi.
Ushbu Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻkuvchilarni koʻshimcha taʼlimga (kasb-xunar, axborot texnologiyalari, oliy taʼlim tashkilotlariga tayyorlash yoʻnalishidagi) jalb qilish hamda ularni oʻqitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
– ayrim toifadagi oʻquvchilar (keyingi oʻrinlarda – oʻquvchi) – Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan farzandlari;
– toʻgarak – elektron platformada mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi darslardan tashkari vaqtlarda kasb-xunar, axborot texnologiyalari, xorijiy til, umumtaʼlim fanlari yoʻnalishlaridagi, shu jumladan, 7-11 yoshdagi bolalar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari uchun) boʻyicha maktabdan tashqari taʼlim;
– toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda – taʼlim tashkiloti) – xorijiy til, axborot texnologiyalari, umumtaʼlim fanlari, shu jumladan, 7-11 yoshdagi bolalar uchun darsdan keyingi maktabdan tashqari taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari), kasb-hunar yoʻnalishlarida maktabdan tashqari taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi elektron platformada roʻyxatdan oʻtgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, kasb- xunar oʻrgatuvchi markazlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
– elektron platforma – oʻquvchilar uchun toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilot va ulardagi yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar bazasi hamda oʻquvchilarning toʻgaraklarga borishini monitoring qilish va to‘garak xarajatlarini hisoblashga moʻljallangan axborot tizimi.
Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan ikkita toʻgarakni tanlashi xamda (taʼtil vaqtlari bilan birga) 9 oydan koʻp boʻlmagan davrda toʻgarakka borishi mumkin.
Bunda oʻquvchiga umumiy oʻrta taʼlimni yakunlagunga qadar ushbu Nizomga muvofiq imtiyozdan ikki martagacha foydalanishlariga ruxsat etiladi.





