Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi 270-uy.
Telefon: +998557055005
Litsenziya raqami: № 036721
(Yuklab olish)
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi 270-uy.
Telefon: +998557055005
Litsenziya raqami: № 036721
(Yuklab olish)
Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab xususiy o‘quv markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi. Ushbu qaror Prezidentning “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida (PQ-239-son, 27.06.2024) keltirilgan. Reyting natijalariga ko‘ra, olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga […]
Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqandan so‘ng abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olishayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilishning iloji yo‘q edi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda abituriyentda bu imkoniyat bo‘lgan. Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning bergan xabariga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun […]
Oʻquvchilarning ota-onalariga Maʼmuriy Kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qoʻllanilib, sinf rahbariga nisbatan intizomiy chora koʻrilgan.
Hukumat qarori asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi. Buning uchun talabgor kontrakt to‘lovini to‘liq qoplab berish […]
Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko’ra, – 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; – “3” va undan […]
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-maktab o‘qituvchisi bolalarning ko‘z o‘ngida mushukni derazadan uloqtirgan o’qituvchi sud qarori bilan 375 ming so‘mga jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik. Bu masala borasida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni o’rganib chiqqanligi haqida axborot xizmati ma’lum qildi. O’rganish natijalariga ko’ra, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi […]
Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga imtiyozli tarzda ajratiladi. Bundan tashqari, PF-87-sonli farmonga binoan, xotin-qizlar uchun 0%, yigitlarga markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko‘ra ta’lim krediti ajratiladi.
Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.
Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan ayblov e’lon qilingan. Yigitlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin. Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning […]
my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berildi. 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni […]
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 2-bandiga asosan asosiy ish joyi – Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot hisoblansa, oʻrindoshlik asosida ishlash – xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida quyidagilar: –pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida […]
Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.
Sinov muddati uzog’i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi. Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: – homilador ayollar; – uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar; – korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga […]
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: Abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi […]
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta’lim muassasalari o’qituvchining sinf rahbarligi uchun qo’shimcha haq to’lovlari nazarda tutilgan. Unga ko’ra mazkur to’lovlar sinfdagi o’quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Ya’ni 15 nafar o’quvchiga […]
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi. 2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan. Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan. Muhim! Test sinovi natijalari 11-oktyabrda e’lon qilinadi.
2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda borishlari kerak. Talabgorlar test sinovi […]