Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o’quv yili uchun 60 nafar o’quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.

 

 

Avvalroq, Prezident farmoni bilan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yilishi hamda bitiruvchilarga xalqaro diplom berilishi haqida xabar bergan edik.

 

 

Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

 

 

Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

 

1-saralash bosqichda – o’quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig’ini bajaradi.

 

 

2-bosqichda – eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o’tkaziladi.

 

 

Ular:

 

– matematikadan – 5 ta masala,

– ingliz tilidan – 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.

 

 

Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o’quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.

 

 

Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789