2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2025-2026 oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

 

Ushbu roʻyxatdan jami 470 ta maktab oʻrin olgan boʻlib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

 

Boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.

 

Quyidagi faylda ushbu maktablar ro’yxati keltirilgan:

 

 Faylni yuklash