Manzil: Uzbekistan, Tashkent, Alixon To’ra Sag’uniy ko’chasi, 49-uy
Telefon: +998712440126
Litsenziya raqami: № 0044
Manzil: Uzbekistan, Tashkent, Alixon To’ra Sag’uniy ko’chasi, 49-uy
Telefon: +998712440126
Litsenziya raqami: № 0044
Agar abituriyent minimal ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, unda unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori kontrakt miqdorining 2 baravarini to‘lab talaba bo‘lish huquqi beriladi. Masalan, 2022-yilda yurisprudensiya yo‘nalishiga super-kontrakt miqdori 220,7 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, minimal balldan kam to‘plaganlar ushbu summaning ikki baravarini to‘lab o‘qish imkonidan foydalanishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, oldinroq […]
Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim Vazirlik xabariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: – bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita […]
Ertaga, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi. Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha bugunoq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga […]
O’zbekiston elchisi Abat Fayzullayev “Global Hippo” uyushmasi prezidenti Daniyeli Piachenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. O’tkazilgan muzokaralarda mazkur uyushma tomonidan 2025-yilda tashkil etiladigan xalqaro ingliz tili olimpiadasining mintaqaviy bosqichini Samarqand shahrida o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishildi. “Hippo English without Borders” – bu Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi shafeligida o’tkaziladigan xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tkazilayotgan attestatsiya testlarida viloyatlar kesimida qaysi pedagoglar ishtirok etishi haqida ham ma’lum qilgandek. 30-31-oktyabr kunlari attestatsiya imtihonlarida matematika va […]
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati, 19-sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi. “Videolavhada aks etgan holat joriy yil 18-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi ma’lum bo’ldi. O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi […]
Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom qoidalariga ko‘ra malaka oshirishda imtiyoz mavjud emas. Shuningdek, nizomga ko‘ra pedagog xodimlar har yili malakasini oshirishi lozim. Nizomning 63-bandiga ko‘ra xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan […]
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqinda bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini cheklashni qonunan tartibga solishga chaqirdi. Bu chaqiriqning sababi — o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar boshlang‘ich sinf bolalarning ruhiy salomatligiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatishi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, uzoq muddatli ekran vaqti bolalarning diqqatini to‘plash qobiliyatini pasaytiradi, ularni ijtimoiy aloqalardan uzoqlashtiradi va turli ruhiy muammolarga olib kelishi mumkin. […]
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibining 37-bandiga ko‘ra, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari uchun tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida oʻtkazilishi mumkin. Shuningdek, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani […]
2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi: 1. Buxoro viloyati — 75,9 ball 2. Toshkent shahri — 74,6 ball 3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball 4. Namangan viloyati — 68 ball 5. Xorazm viloyati — 68 ball 6. Navoiy viloyati — 67,2 ball 7. Samarqand viloyati — 67 ball […]
Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko’ra, – 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; – “3” va undan […]
Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida “Talabalar uchun ijara shartnoma” boʻlimi orqali amalga oshirish mumkin. Ijara shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq […]
Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi. Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan […]
Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova “Women In Tech” global dasturining Kavkaz va Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha “Intiluvchan yosh” mukofotini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi. U axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishmoqda. Xususan, “Kiberxavfsizlik klubi” ish oʻrganuvchisi hamda “Girls in Research” loyihasida kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlar boʻyicha ilmiy ish muallifi […]
2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim. Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan: – APTIS for teachers – Linguaskill – Test of […]
Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi. Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 700 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi. Yetim bolalar va […]
Qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o’qish javoblari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2024-yil 17-oktyabr kuni o‘tkaziladi. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan shu havolaga o’tib tanishishlari mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan […]