Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, RAVOQ MFY I.KARIMOV KO’CHASI 13-UY
Telefon: +998752236060
Litsenziya raqami: № 054809
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, RAVOQ MFY I.KARIMOV KO’CHASI 13-UY
Telefon: +998752236060
Litsenziya raqami: № 054809
“Milliy tiklanish” fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov navbatdagi saylovoldi dasturida maktablarda yettinchi sinfdan boshlab bolalarni undagi qobiliyatiga qarab tabaqalashtirib o‘qitish taklifini ilgari surmoqchi. Uning fikriga ko‘ra, bolalar 7- sinfgacha umumiy, fundamental bilimlarni olganidan keyin, unda ilmga bo‘lgan salohiyat, sportchilik qobiliyati, tadbirkorlikka qiziqish va boshqalar ko‘rinib qoladi. Ko‘rinib turibdiki, “Milliy tiklanish” partiyasi maktablarda o‘quvchilarni ko‘proq […]
Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi. 🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e’lon qilindi: Natijalarni quyida viloyatlar kesimida yuklab olishingiz mumkin: Andijan Grade 5 results (PDF, 176KB) Bukhara Grade 5 results (PDF, 176KB) Fergana Grade 5 results (PDF, 176KB) Jizzakh Grade 5 results (PDF, 176KB) Karakalpakstan Grade 5 […]
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi. U to’rt yildirki, u darslarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o’rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Iqtidorli o’quvchining yutug’idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova joriy yilda bo’lib o’tgan parlament saylovida o’z nomzodini ilgari surganligi haqida xabar bergan edik. Qonunchilikka ko’ra, agar Hilola Umarova deputatlikka saylangan taqdirda, oʻz lavozimdan voz kechishi kerak edi. Davlat roʻyxatidan oʻtgan OAVda Oliy Majlis qonunchilik palatasiga deputatlikka OʻzLiDePdan nomzodi qoʻyilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola […]
2024-2025-o’quv yilidan boshlab o’quvchilarni kasblarga o’qitish ishlarini samarali yo’lga qo’yish uchun maktablarda ustaxonalar tashkil qilinadi. Bunda oylik ish haqi oliy ma’lumotli maktab o’qituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy qilinadi. Bu haqida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-2024 oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan eng koʻp xorijlik talabalar Hindistondan boʻlib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan. Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarining davlatlar kesimida taqsimlanishi: Hindiston – 5733 nafar; Pokiston – 1358 nafar; Turkmaniston – 904 nafar; […]
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi: -aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari; -ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari; -davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari; -davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari. 2024-yil oxiriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil […]
Murojaatda ota-onalar o‘qituvchi bolalar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
Prezident Qaroriga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi: — 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi; — 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi; — 2025-yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi. […]
Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: – informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun); – matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun); – boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun); […]
OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.
Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet xalqaro haftalik doirasida Toshkent shahriga kelgan. Natali Lasslet Parij shahrida imzolangan grant kelishuvini amalga oshirish maqsadida poytaxtdagi 34-sonli hamda 100-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. So‘ngra Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari malaka oshirish institutida ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili joriy […]
Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishlari diplom ishi hamda magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadi. Shuningdek qarorda, oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilishi belgilangan.
17-18-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya, Indoneziya, Chexiya, Avstriya, Gretsiya va Hindiston kabi davlatlardan mutaxassislar kelgan. Jumaladan, 20 dan ortiq xalqaro toifadagi ekspertlar, tadqiqotchilar, shuningdek, […]
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetganligi haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin. Shuningdek, quyidagi […]
Mamlakat elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari hamda Harrow School’ning (Buyuk Britaniya) Osiyodagi xalqaro maktablari – AISL Harrow Schools’ning loyihalar boʻyicha direktori Deyzi Xo oʻrtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi. Muzokaralar yakunida joriy yilning 15-17-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo taʼlim forumida AISL Harrow Schools vakillarining ishtirokini tashkil etish boʻyicha kelishuvga […]
Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146: 🔹IQ — 1.1*20 =22; 🔸1-fan — 3.1*20=62; 🔹2-fan — 3.1*20=62.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekistonda qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda qarindoshlarning birga ishlashini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari keltirilgan. Unda 17 ta davlat tashkiloti xodimlari oʻrin olgan: -Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari; -Qishloq joylardagi […]
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida. 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul […]
Joriy yilda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida umumiy hisobda 737 ming 351 nafar abituriyent ishtirok etgan. Shundan amaldagi minimal o‘tish balli – 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1 foiz) tashkil qiladi; OTM larning qabul kvotalari soni esa barcha ta’lim shakllari bo‘yicha 200 mingga yaqin […]