Hukumatning 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasiga ko’ra, joriy yilning 1-iyul kunidan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi.
Unga ko’ra, quyidagilar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida joriy etiladigan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari hisoblanadi.
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti |
|
2. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi |
|
3. |
Haydovchilik guvohnomasi |
|
4. |
Tug‘ilganlik haqida guvohnoma |
|
5. |
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma |
|
6. |
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma |
|
7. |
Transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) |
|
8. |
Pensiya (nafaqa) guvohnomasi |
|
9. |
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi) |
|
10. |
Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma |
|
11. |
Transport vositasining majburiy sug‘urta (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi |
|
12. |
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat |
|
13. |
Talabalik guvohnomasi |
|
14. |
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma |
|
15. |
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma |
|
16. |
Turar joy obyektlarining kadastr pasporti |
|
17. |
Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma |
