Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Ming O’rik MFY, Amir Temur shoh ko’chasi
Telefon: +998781132999
Litsenziya raqami: № 056223
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Ming O’rik MFY, Amir Temur shoh ko’chasi
Telefon: +998781132999
Litsenziya raqami: № 056223
Magistraturada qaysi yo‘nalishga C1 va qaysi yo‘nalishlariga B2 va B1 sertifikatlari kerakligi ma’lum qilindi. Quyidagi berilgan havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: Magistratura uchun xorijiy til sertifikatlari ro‘yxati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda, shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi aytildi. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘tgan yili 500 ta maktabda Prezident maktabi baholash tizimi joriy etilgan edi. […]
Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo’nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo’limlarning 3-4-kurslarida o’qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq to’lashda qo’llaniladi.
2024-yilning 23-oktyabr kuni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida 8-sinf oʻquvchisi oʻgʻirlab ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, oradan maʼlum vaqt oʻtgach, ular qizlari yoʻqolgani haqida ariza yozishgan. Shundan soʻng, 6-noyabr kuni qiz badanida zoʻravonlik izlari bilan topilgan. Qizning soʻzlariga koʻra, uni bir necha kun kaltaklab, spirtli ichimliklar va […]
Saralashning yakuniy bosqichi Matematika va Fizika fanlaridan 19-20-mart kunlari Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilmoqda. Matematikadan ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 balldan, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi. […]
Texnologik ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarni egallashlari mumkin. Faoliyat obyektlari: –umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida; –Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda; –O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; –tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta’limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari sohalarida; –davlat […]
Ayni kunlarda Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun malaka (test) sinovlari davom etmoqda. Tarmoqlarda ushbu fan o‘qituvchisining malaka (test) sinovlariga telefon olib kirgani surati tarqaldi. Suratga ko‘ra, mazkur holat Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash lozim, Vazirlar Mahkamasining tegishli (17.09.2021 yildagi 572-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, pedagog sinov o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday […]
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Oliy ta’lim muassasasini tamomlab, ish stajiga to‘liq uch yil to‘lmagan pedagoglar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin (bu ular uchun birinchi attestatsiya hisoblanadi). Pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib […]
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi. Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil unda 805 ming nafar abituriyent ishtirok etmoqda. Mutasaddilar 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kadrlar tayyorlash […]
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: – O‘z xohishiga binoan; – O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; – O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun; – Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; – O‘qish uchun belgilangan […]
Eslatib oʻtamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun oʻqishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar roʻyxati (rasmda) eʼlon qilingan edi.
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari uzaytirildi. Hujjatlarni 2024-yil 10-noyabrga qadar daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirishlari kerak bo’ladi. Kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar davom etadi.
Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan ekspert Ahmed al-Bastaki O‘zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Kun.uz saytga bergan intervyusida bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tgan. “Davlat tizimida eski texnologiyalardan foydalanayotgani, ularni biroz zamonga moslash kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilash lozim”, – deydi al-Bastaki. Uning […]
Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi Muhammadsaid Tursunov ingliz tili fanidan 7.0 ballik IELTS sеrtifikatini qo’lga kiritdi. Muhammadsaid 2014 yil Andijon shahrida o’qituvchilar oilasida tug’ilgan. 2021 yilda o’rta maktabga qabul qilingan. Matеmatika va axborot tеxnologiyalari faniga qiziqadi. Suzish, akrobatika va muay-tay sport turlari bilan shug’ullanadi. 2023 yil fеvralidan boshlab, “iTeacher academy” o’quv markazida ingliz […]
Bu haqda, Bilimni baholash agentligini ma’lum qildi. 2024-yil 12-oktyabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan […]
Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlari uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin: Izoh: 1) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab […]
2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi. Shuningdek, 22-avgust kuni o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Apellyatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti […]
Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga imtiyozli tarzda ajratiladi. Bundan tashqari, PF-87-sonli farmonga binoan, xotin-qizlar uchun 0%, yigitlarga markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko‘ra ta’lim krediti ajratiladi.
Buni qarangki, o’qituvchilar turli mamlakatlarning pul belgilarida keng aks ettirilgan ekan.