Manzil: Bunyodkor shoh ko’chasi, Тоshkent 100043, Узбекистан
Telefon: +998712000306
Litsenziya raqami: № 056013
Manzil: Bunyodkor shoh ko’chasi, Тоshkent 100043, Узбекистан
Telefon: +998712000306
Litsenziya raqami: № 056013
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi. “O‘tgan 7-yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya […]
O‘qituvchi yetarli asoslar bo‘lganda moddiy yordam olishga haqli bo‘ladi. Moddiy yordam va mukofot pulining bir biriga aloqasi yo‘q. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha: –xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda; –og‘ir kasallikka chalinganda; […]
Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-son buyrug‘iga ko‘ra Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining shtat birligi maktabdagi sinflar soniga bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra: –Maktabda 30 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lganda mazkur lavozim uchun 1.5 shtat birligi ajratiladi. Ushbu buyruqning 1-ilovasiga asosan direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari qo‘shimcha ravishda quyidagi miqdorlarda kiritiladi: […]
Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi. Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tkazilayotgan attestatsiya testlarida viloyatlar kesimida qaysi pedagoglar ishtirok etishi haqida ham ma’lum qilgandek. 30-31-oktyabr kunlari attestatsiya imtihonlarida matematika va […]
Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaning maqsadi – dunyo boʻylab tadqiqotchilar, oʻqituvchilar […]
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, bir necha toifadagi abituriyentlar mazkur to‘lovdan ozod qilinadi.
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi. Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda nomzodlarga jami […]
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.
Prezidentining tegishli (30.09.2024-yildagi PF-152-son) farmoniga ko’ra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi. Bundan tashqari, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yoʻnalishining sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari […]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaroriga ko‘ra, barcha sertifikatlar oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, soatbay va oʻrindosh) pedagog xodimlarga (shu jumladan, maktab direktori va direktor oʻrinbosarlariga ham) har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarga tutilgan. Ular: 1. Milliy sertifikat […]
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi oʻrtasida Germaniya temir yo’llari uchun mutaxassis tayyorlash bo’yicha shartnoma imzolandi. “Deutsche Bahn” – Germaniyaning asosiy temir yoʻl operatori sanaladi. 100% davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 mlrd 303 million yevroni tashkil qiladi. Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida […]
O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonunning 59-moddasida ko’ra, ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholash quyidagicha o‘tkaziladi: – ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan […]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022-yildagi 17-son qaroriga muvofiq texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2-bosqichdan suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi. Qaror nizomiga ko‘ra, bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022 yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalar Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ma’lumotiga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlangan. Iqtisodiy jinoyatlarga […]
Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi”ning 6-sinfi o‘quvchisi Sh.Sh 2024-yil 15-mart o‘qituvchisi Sh.X. tomonidan avtomobilning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘ygani aniqlangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sh.Sh. ning vasiylari J.S. va E.M. lar mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh. ni chaqirib, undan bolani xulqi og‘irligi tufayli Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish […]
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 11-maktab direktori qo‘shni ayol bilan qo‘lga tushganligi aks etgan video tarqaldi. Xabarlarda ma’lum qilinishicha, maktab direktori shu mahallada yashovchi, eri chet elda ishlab yurgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Mazkur holat yuzasidan Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, videoda aks […]