Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.
➖ 2026-yil 1-yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash taʼlim dasturlari joriy etiladi.
➖ 2025/2026 oʻquv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
2026/2027 oʻquv yilidan:
– “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
– yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
– magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va modullar boʻyicha tashkil etiladi.
