‘‘Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon va qanday shartlar asosida oʻtkaziladi?

‘‘Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon va qanday shartlar asosida oʻtkaziladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oliy yoki 1-malaka toifasiga hamda kamida 5-yillik ped stajga ega, asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ishtirok etishi mumkin.

 

 

Nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etadi.

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning avgust-sentyabr oylarida pedagog.uzedu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

 

 

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

 

 

1-bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi. Malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) oʻtkaziladi.

 

Har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma- ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

 

 

2-bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi. 2-bosqich yakunidan har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

 

 

3-bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi taqdimot asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Bunda nomzodlarning ushbu bosqichda olgan ballari, avvalgi bosqichlarda olgan ballariga qoʻshiladi hamda tuman miqyosida eng yuqori ball toʻplagan nomzod gʻolib deb topiladi.

 

 

Oʻqituvchilarning barcha bosqichlarda toʻplagan ballari maxsus platforma orqali eʼlon qilib boriladi.

 

Nizom bilan tanishish