Endi Oʻzbekistonda ham AQShning nufuzli oliygohi — MIT standartlari asosida tahsil olish mumkin

Endi Oʻzbekistonda ham AQShning nufuzli oliygohi — MIT standartlari asosida tahsil olish mumkin

«University of Business and Science»da AQShning Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) o’quv dasturlari andozasida ta’lim beriladi.

 

 

UBS Kuzatuv kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev AQShning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusets Texnologiya Instituti (MIT)ga tashrif buyurdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tashrifning asosiy maqsadlaridan biri — AQShning yetakchi universitetlari bilan barqaror va chuqur hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish orqali UBSning global innovatsion ta’lim muassasasiga aylanishiga xizmat qilishdir.

 

 

Tashrif davomida o’zbekistonlik vakil MIT Open Learning bo‘yicha Vitse Prezidenti, sun’iy intellekt va ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassis Prof. Dimitris Bertsimas bilan uchrashgan.

 

Endi Oʻzbekistonda ham AQShning nufuzli oliygohi — MIT standartlari asosida tahsil olish mumkin

 

Uchrashuvda unga MIT vitse-prezidenti bosh maslahatchisi, UBS faxriy rektori Dr. Vijay Kumar hamrohlik qilgan.

 

 

Muzokara davomida quyidagi masalalar muhokama qilingan:

 

– Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim va tibbiyotda innovatsion yechimlar;

 

– Aqlli o‘quv tizimlarini yaratish va yuqori ta’sirli ilmiy tadqiqotlar olib borish;

 

– UBSda kadrlar tayyorlashni MIT standartlari asosida takomillashtirish hamda MIT oʻquv dasturlari andozasida kelajakda jahon miqyosida raqobatbardosh mutaxassislarni Oʻzbekistonda yetishtirib chiqarish;

 

–  Tibbiyot yo’nalishidagi talabalar uchun ham Amerika standartlari asosida ta’lim dasturlarini shakllantirish;

 

– MIT Horizon va Universal AI kabi global platformalar doirasida hamkorlikni kengaytirish.
Shuningdek, ushbu strategik yo‘nalish doirasida, 2025-yil iyun oyidan boshlab, yil davomida UBSning 100 nafar professor-o‘qituvchilari MITning raqamli platformalari orqali malaka oshirishni boshlaydi.

 

Endi Oʻzbekistonda ham AQShning nufuzli oliygohi — MIT standartlari asosida tahsil olish mumkin