O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimot davomida respublikada 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yo‘nalishi bo’lib, lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida ekanligi ta’kidlandi.

 

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.