Bir maktabning 50 nafardan ortiq o’quvchisi tegishli fanlardan milliy sertifikat olib, maksimal natijalar bilan muddatidan oldin tibbiyot yo’nalishida talabalikni naqd qilib qo’yishdi. Qarshi shahrida joylashgan «Avitsenna school» kimyo, biologiya, matematika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o’qitadigan xususiy maktab bo’lib, undagi bitiruvchilar har yili eng yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.
“Avitsenna School” maktabining asosiy maqsadi har bir o‘quvchining imkoniyatidan foydalanib, ularni yaxshi natijaga chiqarishdan iborat. Bu yerda o‘quvchilarga nisbatan yondashuv doimiy nazorat, tahlil va ota-onalar bilan hamkorlikka tayangan. Har haftaning yakunida o‘tilgan mavzular asosida yozma ishlar va test sinovlari o‘tkaziladi, natijalar esa bevosita ota-onalarga yetkaziladi.
Bunday tizim nafaqat darslarni puxta o‘zlashtirish, balki ota-ona – ustoz – o‘quvchi uchburchagini mustahkamlashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Individual yondashuv asosida har bir o‘quvchining o‘sishini ta’minlaydigan tizim “Avitsenna School” maktabining eng kuchli jihatlaridan biri hisoblanadi.
Maktabda kimyo, biologiya, matematika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Shu bilan birga, darslardan so‘ng o‘quvchilar uchun maxsus tayyorlov kurslari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bularning barchasi o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga tayyorlanish jarayonini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Eslatma! Maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tamonida taqdim etilgan litzensiya asosida qonuniy tarzda faoliyat yuritadi.
Natijalarda ifoda topgan ustunlik: 400+ talaba va 88%lik kirish ko‘rsatkichi
Ta’lim sifatining eng katta o‘lchovi o’quvchilarning natijalari hisoblanadi. Bugungi kungacha “Avitsenna School” ning 400 dan ortiq bitiruvchilari tibbiyot oliygohlariga eng yuqori natijalar bilan talabalikka qabul qilingan. Bu esa nafaqat maktab yondashuvining, balki o’qituvchi pedagoglarning bilim va tajribasining isbotidir.
Yillik natijalar maktab muvaffaqiyatlarini aniq ko‘rsatadi:
- 2020–2021: 70% bitiruvchi biologiya bloki asosidagi OTMlarga kirgan
-
2021–2022: bu ko‘rsatkich 74% ga ko‘tarilgan
-
2022–2023: 78% tibbiyot OTMlariga qabul qilingan
-
2023–2024: rekord darajadagi 88% ko‘rsatkich qayd etilgan
Bundan tashqari, 2024-yilning o‘zida Janubiy Koreyaning Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetiga ham 5 nafar o‘quvchi yuqori ball bilan qabul qilingan.
Fan olimpiadalarida ham o‘quvchilar yuqori natijalarga erishmoqda. Kimyo va biologiya bo‘yicha shahar va viloyat bosqichlarida o‘quvchilar:
-
Jumanazarov Jahongir – 2-o‘rin (shahar, kimyo)
-
Abdunabiyev Azizbek – 2-o‘rin (shahar, kimyo)
-
Norxo‘jayev Lazizjon – 2-o‘rin (viloyat, kimyo)

Yana bir muhim fakt: milliy sertifikatlarni qo’lga kiritib, muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilayotgan o’quvchilar soni yildan yilga ortmoqda. 2023–2024-yilda 20 nafar o‘quvchi tegishli fanlardan milliy sertifikat olgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 50 nafardan oshgan.
Maktab o‘quvchilari hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Buxoro davlat tibbiyot universiteti kabi nufuzli tibbiyot oliygohlarda tahsil olmoqda.
Zamonaviy muhit, kuchli jamoa va innovatsion yondashuv
“Avitsenna School” jamoasida 60 dan ortiq pedagog va texnik xodimlar maktabdagi ta’lim jarayonining sifatli va uzluksiz bo‘lishi uchun mehnat qilib kelmoqda.
Maktab faqat nazariy bilim bilan cheklanmaydi, bu yerda o‘quvchilarga shaxmat, basketbol va stol tennisi to‘garaklari orqali jismoniy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari ham rivojlantiriladi. Qo‘shimcha kompyuter kurslari esa axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Yaqinda maktabga 3 ta yangi interaktiv doska olib kelindi. Bu – darslarni interaktiv, vizual va zamonaviy qilishga xizmat qilmoqda.
2024-yilda maktabga aloqador yana bir yirik loyiha – “Avitsenna bolalar maktabi” tashkil etildi. 200 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim maskanida hozirda 1–4-sinflarda 130 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Maktab manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Kunchiqar MFY, Nurbog’ ko’chasi, 23-uy
Maktab ma’muriyati bilan bog’lanish uchun raqamlar:
+998883001234
+998935286139
Maktabning telegram kanali: @Avitsennamaktabi







