Shu yilning 14-aprelidan 18-apreligacha har kuni butun respublika hududida musobaqaning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Tuman (shahar) bosqichida qatnashadigan jamoalar o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.
Tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.
Musobaqaning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi. Muayyan tumandagi barcha maktab jamoalari bilan bir vaqtda va bir joyda o‘yin o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda ushbu tumandagi jamoalar bir necha qismga bo‘lgan holda saralashdan o‘tkaziladi.
Musobaqaning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi. Musobaqaning tuman (shahar) bosqichi o’tkaziladigan sana va vaqtlari quyidagi faylda keltirilgan:
Musobaqaning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.
Tanlovda qatnashish istagida bo’lgan maktablar jamoasi quyidagi tartibda ariza yuborishlari kerak bo’ladi:
Tanlov nizomi bilan quyi keltirilgan fayl orqali batafsil tanishib chiqish mumkin:

