Ayrim telegram kanallari yoki gruppalarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi.
Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Bugun 1-aprelga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi? Demak, 11-aprelga qadar sinovlar boshlanmaydi.
