Joriy yilning 24-mart kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 30-mart kuni yakunlanadi.
To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20-aprel kunlari o‘tkaziladi.
Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.
