Talabalar o’qishni kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqiga koʻchirsa boʻladimi?

Talabalar o’qishni kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqiga koʻchirsa boʻladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizom 9-bandida fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻladigan holatlar belgilangan.

 

Bunda Nizomning 22-bandiga asosan oʻqishning barcha shakllari boʻyicha oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga koʻra oliy taʼlim muassasalarida tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.

 

Biroq boshqa hollarda (misol uchun davlat granti kvotalari soni mavjud boʻlmaganda) oʻqishni koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Bunda Nizom 15-bandiga koʻra oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.

 

Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

-koʻchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

 

-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;

 

-pasportning nusxasi.