Qarshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimiga qarashli 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-“D”sinf oʻquvchisi Toʻrayeva Safina Sirojiddin qizi muddatdan oldin 189 ball toʻpladi.
U umumtaʼlim fanlaridan 100 foizlik natija qayd etgan. Shuningdek, chet tilini bilish boʻyicha ham yaxshi baho olgan:
Matematika A;
Ingliz tili – 57 ball (B2)
Tarix – C+;
Ona tili va adabiyot – B+;
IELTS – 6 (B2).


